17 iyu 17:05
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 o'zgarishsiz, Abduraimova ko'tarildi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon juda katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi.
Yangilangan reytingda uch tennischimizdan ikki nafari pastladi. Milana Maslenkova ham, Sevil Yuldasheva ham 5 pog'ona quyiga sho'ng'ishgan. Ularning har ikkisi ham reytingda 1376-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova esa aksincha, 7 pog'onaga yuqorilab, 291-o'ringa joylashgan.
WTA reytingi. 17 iyun kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 11695 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 7988
3. (3) Arina Sobolenko (Belarus) - 7788
4. (4) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 5973
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4625
6. (6) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 4503
7. (7) Jasmine Paolini (Italiya) - 4068
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4005
9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3980
10. (10) Ons Jaber (Tunis) - 3748...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
291 (298). Nigina Abduraimova – 230
1376 (1371). Milana Maslenkova – 3
1376 (1371). Sevil Yo'ldosheva – 3
Fikrlar