01 iyu 14:59
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 o'zgarishsiz, uch tennischimizdan ikkisi yuqoriladi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon juda katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi.
Yangilangan reytingda xuddi o'tgan haftada bo'lgani singari uch tennischimizdan ikki nafari ko'tarildi. Milana Maslenkova ham, Sevil Yuldasheva ham 4 pog'ona yuqorilashdi. Ularning har ikkisi ham reytingda 1369-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova esa aksincha, 2 pog'onaga pastlab, 294-o'ringa joylashgan.
WTA reytingi. 1 iyul kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 11585 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 7943
3. (3) Arina Sobolenko (Belarus) - 7841
4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 6026
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5025
6. (6) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 4463
7. (7) Jasmine Paolini (Italiya) - 4228
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4055
9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3805
10. (10) Ons Jaber (Tunis) - 3801...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
294 (292). Nigina Abduraimova – 231
1369 (1373). Milana Maslenkova – 3
1369 (1373). Sevil Yo'ldosheva – 3
Fikrlar