08 apr 18:15
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10`da o'rin almashishlar, Nigina o'z o'rnida, qolganlar pastladi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida bir nechta o'zgarish, aniqrog'i o'rin almashishlar kuzatildi. Kuchli beshlik o'tgan haftadagi o'z o'rnini saqlab qoldi. Greciyalik Mariya Sakkari bir pog'onaga yuqorilab, 6-o'ringa joylashdi. Xitoylik CHjen Cinven, chexiyalik Marketa Vondroushovalar ham bir pog'onaga ko'tarilishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi.
Yangilangan reytingda uch nafar tennischimizning ikkisida pasayish kuzatildi. Faqat mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi - 240-o'rin. Sevil Yuldasheva 2, Milan Maslenkova esa 3 pog'onaga pastlagan.
WTA reytingi. 8 aprel kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10835 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8045
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 7205
4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5848
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4870
6. (7) Mariya Sakkari (Greciya) - 4195
7. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 3995
8. (9) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3895
9. (6) Ons Jaber (Tunis) - 3658
10. (10) Elena Ostapenko (Latviya) - 3438
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
240 (240). Nigina Abduraimova – 311 (-5 ochko)
1107 (1105). Sevil Yo'ldosheva – 12
1364 (1361). Milana Maslenkova – 3
Fikrlar