So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

07 okt 12:49
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Top-10`da o'zgarishlar. Vlada Yakshibarova yana "o'zbekistonlik", u endi ikkinchi raketkamiz!

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida o'zgarishlar kuzatildi. Pekindagi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'lgan amerikalik Kori Goff 6-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Qozog'istonlik Elena Ribakina aksincha 5, italiyalik Jasmin Paolini esa 6-o'ringa tushgan. Belaruslik Arina Sobolenko dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turibdi. Polshalik Iga Svyontek hamon katta farq bilan reyting karvonboshiligini davom ettirmoqda. 

Etiborlisi, yangilangan reytingdan yana uch nafar tennischimiz joy olgan. Uzoq muddat Isroil sharafini himoya qilib kelgan, o'sha mamlakat chempioni ham bo'lgan 35 yoshli Vlada Ekshibarova yana O'zbekiston bayrog'i ostida WTA reytingiga kiritilibdi. U endi mamlakatimizning ikkinchi raketkasi. Vlada o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, 34 o'ringa yuqorilab, 769-pog'onadan joy olgan. Faoliyatidagi eng yuqori reytingi 352-o'rin bo'lgan. Uchinchi raketkamiz Milana Maslenkova 27 o'ringa yuqorilab, 1370-pog'onani band etgan. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova esa o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. 


WTA reytingi. 7 oktyabr kungi holat:

1 (1). Iga SHvyontek (Polsha) — 9785 ochko

2 (2). Arina Sobolenko (Belarus) — 8716

3 (3). Jessika Pegula (AQSH) — 5945

4 (6). Kori Gauff (AQSH) — 5593

5 (4). Elena Ribakina (Qozog'iston) — 5481

6 (5). Jasmin Paolini (Italiya) — 5293

7 (7). CHjen Cinven (Xitoy) — 4300

8 (8). Emma Navarro (AQSH) — 3698

9 (9). Daniel Kollinz (AQSH) — 3178

10 (10). Barbora Kreychikova (CHexiya) — 3161…


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

310 (310). Nigina Abduraimova – 199

769 (803). Vlada Ekshibarova – 38

1370 (1397). Milana Maslenkova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing