06 fev 16:59
Yangiliklar
Tennis
WTA yanvar oyining eng yaxshisi bo'lish uchun davogarlarni elon qildi
WTA matbuot xizmati tomonidan yanvar oyining “Eng yaxshi ayol tennischisi” bo'lish uchun uch nafar davogar elon qilindi.
Ular orasida Australian Open turniri g'olibasi Naomi Osakaning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Yaponiyalik tennischidan tashqari chexiyaliklar - Petra Kvitova hamda Karolina Plishkova ham yanvar oyining eng yaxshisi bo'lishi mumkin.
Kvitova Sidney turniri g'olibi bo'lish bilan birga Melburndagi musobaqada finalgacha etib kelgandi. Plishkova esa Brisben turniri chempioniga aylangan edi. Ovoz berish jarayoni 7 fevral kuni yakunlanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar