24 noy 08:08
Yangiliklar
Tennis
WTA "Yil tennischisi" nominaciyasiga davogarlarni malum qildi
WTA matbuot xizmati 2021 yilning eng yaxshi ayol tennischisi nominaciyasiga davogarlar ro'yxatini oshkor qildi.
Mavsumning eng yaxshisi bo'lishga dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi, avstraliyalik Eshli Barti, chexiyalik Barbora Kreychikova, US Open-2021 g'olibasi, britaniyalik Emma Radukanu, yaponiyalik Naomi Osaka, ispaniyalik Garbin Mugurusa, belaruslik Arina Sobolenko va polshalik Iga Svyontek davogar bo'lib turibdi.
"Yilning eng yaxshi ayol tennischisi" nomi kelasi hafta elon qilinadi. 18 yoshida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati g'olibasi bo'lgan Emma Radukanuning imkoniyatlari yuqoriroq hisoblanmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar