12 avg 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA
WVA Bivolning taklifini rad etdi
Butunjahon boks associaciyasi (WVA) yarimog'ir vazn toifasi chempioni Dmitriy Bivol vakillarining britaniyalik Joshua Buatsi bilan jang o'tkazish haqidagi taklifini rad etdi.
Bivol chempionlikka majburiy davogar meksikalik Xilberto Ramiresdan o'z unvonini himoya qilishi kerak. SHu sabab uning bu taklifi rad etilgan.
"WVA qo'mitasi yarimog'ir vazn toifasi chempion Dmitriy Bivol va majburiy davogar Xilberto Ramires o'rtasidagi majburiy jangni maqulladi", — dedi WVA qo'mitasi raisi Karlos CHaves bayonotida.
Bivol va Ramires jangni tashkil etish bo'yicha muzokaralar uchun belgilangan 30 kunlik muddat tugagani qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Bivol so'nggi jangida Saul Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar