11 sen 10:22
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov UFC Prezidenti yolg'on gapirganini aytib o'tdi
"Dana Uayt men noyabrda jang o'tkazishni istamaganimni aytib o'tdi. Ammo, bu yolg'on. Bunday bo'lmagan. Agar rost bo'lsa isbot ko'rsatsin. Nyu-Yorkda katta turnir tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. 7 oktyabr kungi turnirda Frenki Edgar - Maks Xollouey jangi kechaning asosiy to'qnashuvi bo'lishi lozim edi. Xollouey o'sha kuni jang qilmaydigan bo'ldi. Jang o'tkazish uchun raqib topilmadi. Ular o'shanda menga 7 oktyabr kuni jang qilishni taklif qilgandilar. Ammo, men o'z javobimni berib bo'lgandim.
To'g'ri, men tashkilot uchun noqulay jangchiman. So'nggi vaqtlarda jarohatlar taqib qilmoqda. Oxirgi jangda vaznimni to'g'irlay olmadim. Bu mening aybim. Barboza borasida esa taklif umuman bo'lmagandi", - deydi Nurmagomedov.
Fikrlar