31 jan 16:25
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina 58 daqiqa davom etgan bahsda mag'lub bo'ldi
Qozog'isonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida uch nafar hamyurtimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Ulardan Kamola Umarova va Arina Folc kecha ilk davra uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishgandi. Umarova rossiyalik Aleksandra Pospelovaga 1:6, 6:7(5), Folc esa yana bir rus tennischisi Alina Silichga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida yutqazib qo'ygan edi.
Bugun asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan Albina Xabibulina ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U birinchi davra uchrashuvida qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinaga 58 daqiqa davom etgan bahsda 4:6, 0:6 hisobida engildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar