07 okt 18:48
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Antaliyadagi turnir g'olibasi bo'ldi
Hozirgina Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning juftliklar musobaqasi yakunlandi.
Etiborlisi, bosh mukofot uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Albina Xabibulina ham kortga chiqdi. Turkiyalik Ipek O'z bilan hamkorlikda o'ynagan vakilamiz yakunda juftliklar bahsi chempioniga aylandi.
Ipek va Xabibulina 1 soatu 42 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Vengriya va Ukraina vakillaridan tashkil topgan Jani/Kovalec juftligidan 7:5, 1:6, tay-brekda 11:9 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, Albina va O'z turnirning ikkinchi, Sofiya Kovalec hamda Luka-Reka Jani tandemi uchinchi raqamli juftligi edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar