20 iyu 14:10
Yangiliklar
Tennis
Xabibulina Astanadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Albina Xabibulina Qozog'istonning Astana shahrida davom etayotgan turnirning yarim finaliga chiqdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 10 ming dollarni tashkil etadi. Yakkalik bahslarining ilk bosqichidayoq mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz bor etiborini juftliklar bellashuvidagi ishtirokiga qaratgan.
Qozog'istonlik Go'zal Aynitdinova bilan tandem hosil qilgan Xabibulina turnirning yarim finaliga yo'l oldi. Ular chorak finalda turnirning uchinchi raqamli juftligi – rossiyalik Alina Silich hamda rossiyalik Kamila Kerimbaevani 6:3, 6:4 hisobida dog'da qoldirishdi.
Endi Albina va Go'zal final yo'llanmasi uchun turnirning birinchi raqamli juftligi – belaruslik Svetlana Pirajenko hamda ukrainalik Alyona Sotnikova hamkorligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar