09 avg 16:20
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Belgiya turniridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Belgiyaning Kokside shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz hozirgina ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Hamyurtimiz turnirning beshinchi raketkasi, gollandiyalik Bibiyan SHufsga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda tajribali SHufs 6:4, 6:3 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo'llanma oldi.
Malumot uchun, Albina Xabibulina birinchi davrada slovakiyalik
Lenka Yurikovani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar