10 avg 09:36
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Belgiyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Belgiyaning Kokside shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Albina juftlik musobaqasida ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan tandem hosil qilgan.
Ular chorak final
uchrashuvida italiyalik Federika Archidiakono va ruminiyalik Georgeta Simion
hamkorligini 6:2, 3:6, tay-brekda 10:6 hisobida mag'lub etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar