09 avg 08:20
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Belgiyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Tajribali tennischilarimizdan biri Albina Xabibulina Belgiyaning Kokside shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz ilk davrada ham g'alabaga erishdi.
U slovakiyalik Lenka Yurikovani mag'lub etdi. Birinchi set 6:3 hisobida Yurikova foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda Albina 6:2 hisobida zafar quchdi. Uchinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng Lenka bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Bu paytga kelib Xabibulina 3:1 hisobida oldinga chiqib olgandi. Endi tennischimiz ikkinchi davra uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi, gollandiyalik Bibiyan SHufsga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar