11 avg 09:40
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Belgiyadagi turnirning final ostonasida to'xtadi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Belgiyaning Kokside shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslari yarim final uchrashuvida kortga chiqdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Albina juftlik musobaqasida ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan tandem hosil qilgandi.
Ular yarim final
uchrashuvida turnirning ikkinchi raqamli juftligi - hindistonlik Ankita Rayna va
gollandiyalik Bibiyan SHufs hamkorligiga 6:4, 3:6, tay-brekda 7:10 hisobida mag'lub
bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar