23 avg 15:25
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina bir tennischini bir haftada ikki bor mag'lub etdi
Hozirgina tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ikkinchi uchrashuvida kortga chiqdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida germaniyalik Yana Morderger bilan to'qnash keldi.
O'tgan hafta Gollandiyaning Oldenzaal shahrida o'tgan turnir doirasida ham bu ikki tennischi o'zaro uchrashishgan va unda Xabibulina reytingda o'zidan ancha yuqorida turuvchi raqibasini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bu safar ham
hamyurtimizning qo'li baland keldi. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Albina
2:6, 6:1, 6:3 hisobida zafar quchib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar