24 avg 15:52
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina chorak final chiptasi uchun kortga chiqdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Xabibulina chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda norvegiyalik Malene Xelgoga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Malene 4:6, 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, kecha hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida turnirning beshinchi raketkasi germaniyalik Yana Mordergerni 2:6, 6:1, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar