29 avg 17:17
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Gollandiyadagi turnirda kortga chiqdi
Hamyurtimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Skunxoven shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida ishtirok etyapti.
O'tgan hafta Rotterdamdagi turnirning juftliklar bahsida bosh mukofotni qo'lga kiritgan Albina bu safar yakkalikning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.
Xabibulina 1 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda turnirning beshinchi raketkasi, meksikalik Sofiya Ana Sanchesga 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bor etiborini juftliklar musobaqasidagi ishtirokiga qaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar