19 avg 15:22
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Gollandiyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Gollandiyada mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Tennischimiz Albina Xabibulina turnirning chorak finalida venesuelalik Aymet Uzkateguyga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 15 daqiqa davom etgan bahsda vakilimiz 6:1, 6:1 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar