29 noy 14:46
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Hindistondagi turnirda chorak finalga chiqdi
Tennischimiz Albina Xabibulina Indaurdagi mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Albina musobaqadagi ikkinchi davra o'yinida mezbonlar vakilasi Buvana Xalvaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 31 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 1:6, 6:1, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi u chorak finalda boshqa bir hindistonlik tennischi Pranjala Yadlapalliga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar