06 dek 12:53
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Hindistondagi turnirda yarim finalga chiqdi
Tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Solapur shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Qozog'istonlik Aleksandra Grinchishina bilan birga u bugun juftlik bahslarida chorak final bahsini o'tkazdi.
Sportchilar chorak finalda mezbon tennischilar Sama/SHaik juftligiga qarshi kortga chiqdilar.
1 soat 12 daqiqa davom etgan o'yinda Albina va uning dugonasi 6:1, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondilar va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, Xabibulina yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar