30 noy 18:40
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina juftlik bahsida finalga chiqdi
Hindistonda tennis bo'yicha qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Juftlik bahslarida qirg'izistonlik Kseniya Palkina bilan birga qatnashayotgan sportchimiz bugun yarim finalda CHamarti (Hindiston)/Vu (Gonkong) juftligiga qarshi kortga chiqdi. O'yinning 47-daqiqasida hisob 6:2, 2:1 bo'lib turgan paytda, Albinaning raqiblari o'yinni davom ettira olmasliklarini malum qildilar.
Endi ertaga bo'lib o'tadigan final bahsida birinchi raqam ostida saralangan Albina va Kseniya ikkinchi raqam ostidagi Xerdzelas (Bosniya)/Xsu (Xitoy Taypeyi)larga qarshi o'yin o'tkazadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar