15 iyu 10:19
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi
Tennischimiz Albina Xabibulina Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
Ukrainalik Oleksandra Korashvili bilan birinchi raqamli juftlikni xosil qilgan tennischimiz birinchi davrada rossiyalik sportchilar - Nepliy/Vostrikovadan 6:4, 1:6, tay-brekda 10:8 hisobida ustun kelgandi.
Xabibulina va Korashvili chorak finalda belgiyalik Markyuks Bovi va moldovalik Anastasiya Detyuch hamkorligini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etishdi. Ularning yarim finaldagi raqibalari belaruslik tennischilar Viktoriya Mun va Vera Sokolovskaya bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar