30 noy 10:19
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Indaur shahrida bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Juftliklar musobaqasida qirg'izistonlik Kseniya Palkina bilan tandem hosil qilgan Xabibulina turnirning birinchi raqamli juftligi sifatida saralangan. Kseniya va Albina ikkinchi uchrashuvda ham g'alabaga erishishdi.
Ular chorak final bahsida qozog'istonlik Aleksandra Grinchishina
va hindistonlik Adrija Bisvas hamkorligini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etishdi. Xabibulina
va Palkina ilk davrada mezbon tennischilar - Reddi/Iska juftligidan 6:0, 6:1
hisobida ustun kelishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar