10 iyu 12:10
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Minskda 6 daqiqada final masalasini hal qildi
Belarus poytaxti Minsk shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Albina Xabibulina ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Tennischimiz bugun yakkalik bahslarining final uchrashuvida bosh mukofot uchun kortga chiqadi.
Albina birozdan so'ng boshlanadigan final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi rossiyalik Darya Krujkovaga qarshi bahs olib boradi. Kecha Xabibulina yarim finalda engil g'alaba erishdi.
Aniqrog'i, uning raqibasi turnirning uchinchi raketkasi shveycariyalik Karin Kennel jarohati sabab birinchi geymdan keyinoq bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtda uchrashuvning endigina 6 daqiqasi ortda qolgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar