14 apr 10:50
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina o'zidan 500 pog'ona yuqoridagi tennischiga qarshi o'ynaydi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasida kurashni davom ettirayotgan yagona vakilamiz Albina Xabibulina bugun chorak final uchrashuvida kortga chiqadi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz raqibasi ukrainalik Katerina Slyusar bo'ladi. Bu yil noyabrda 20 yoshga to'ladigan Katerina dunyo reytingida 530-o'rinni egallab turibdi. Albina esa 1055-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar