26 avg 11:27
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina - Rotterdam turniri juftligi chempioni!
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning juftlik bahslari g'olibiga aylandi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Xabibulina juftlik bahslarida gollandiyalik dugonasi Stefani Visher bilan birga g'oliblikka erishdi.
Albina va Visher hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning birinchi raqamli juftligi - amerikalik Kyar SHol hamda belgiyalik Deborax Keres hamkorligini 7:6(3), 7:5 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Malumot uchun, Xabibulina yakkalik musobaqasining chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvida norvegiyalik Malene Xelgoga 6:4, 3:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar