10 dek 09:29
Yangiliklar
Tennis
Xabibulina Tunis turniridagi ishtirokini yakunladi
Tunisning Xammamet shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ishtirok etgan Albina Xabibulina chorak final ostonasida o'z yurishini to'xtatdi.
Xabibulina ilk davrada chexiyalik Monika Kilnarovani 6:4, 3:6, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi. Afsuski, u ikkinchi davrada franciyalik Jade Suvringa ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida yutqazdi. Jade turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar