07 dek 08:25
Yangiliklar
Tennis
Xabibulina Tunisdagi turnirda ikkinchi davraga chiqdi
Tunisning Xammamet shahrida tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki tennischimiz - Yuliya Kim va Albina Xabibulina ham qatnashyapti.
Har ikki tennischimiz ham o'z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlashdi. Yuliya Kim saralashning ikkinchi raketkasiga imkoniyatni boy berib, asosiy to'rga chiqa olmagandi.
Xabibulina esa Kimdan farqli ravishda asosiy to'rga yo'llanma oldi. Kecha u ilk davrada chexiyalik Monika Kilnarovaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda vakilamiz 6:4, 3:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Endi uning ikkinchi davradagi raqibasi franciyalik Jade Suvrin bo'ladi. Bu tennischi turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar