24 avg 10:05
Yangiliklar
Tennis

Xabibulinaning chorak final ostonasidagi raqibasi malum
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Kecha hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida turnirning beshinchi raketkasi germaniyalik Yana Mordergerni 2:6, 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Kechagi bahslardan
so'ng Albinaning ikkinchi bosqichdagi raqibasi malum bo'ldi. Xabibulina chorak
final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda norvegiyalik Malene Xelgoga qarshi kortga
chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar