21 avg 07:10
Yangiliklar
Tennis

Xabubulina - Future Oldenzaal turniri vice-chempioni!
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Oldenzaal shahrida o'tkazilgan turnir vice-chempioniga aylandi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi RABOBANK Future Oldenzaal 2017 turnirining sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qildi. Hamyurtimiz bir kunda ham yarim fin, ham final uchrashuvida kortga chiqdi.
Yomg'ir yoqqanligi sabab uchrashuvlar vaqti bir necha bor o'zgartirildi. Albina avvaliga yarim finalda turnirning birinchi raketkasi germaniyalik Taisiya Mordergerni 3:6, 7:5, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Hal qiluvchi final
uchrashuvida esa turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi amerikalik Kyara SHolga
ikki setda ham bir xil 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa
vice-chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar