23 jan 10:56
Yangiliklar
Tennis

Xalep “Australian Open”dan so'ng reyting peshqadamligini boy beradi
Jahon reytingida peshqadamlik qilayotgan Simona Xalep Avstraliya Ochiq chempionati yakunlanishi bilan birinchi o'rinni tark etadi.
Ruminiyalik tennis malikasi Australian Open turnirida amerikalik Serena Uilyamsga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Hozirda Simonani aniq yarim finalga yo'l olgan chexiyalik Petra Kvitova quvib o'tadi.
SHuningdek, bugun ukrainalik Elina Svitolinani mag'lubiyatga uchratgan yaponiyalik Naomi Osaka hamda yana bir chex tennischisi, Karolina Plishkova ham Avstraliya Ochiq chempionatidan so'ng jahonning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar