01 avg 08:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2119_220.jpg)
Xalep Monrealda bosh mukofotni boshi uzra baland ko'tardi
Kanadaning Monreal shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi haftaga belgilangan eng nufuzli turnir yakunlandi.
Musobaqada ruminiyalik Simona Xalep bosh mukofotni boshi uzra baland ko'tarish baxtiga muyassar bo'ldi. Turnirning beshinchi raketkasi bo'lgan Xalep hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Medison Kizni mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Simona raqibasini 7:6(2), 6:3 hisobida taslim etdi. Bu Xalepning joriy mavsumdagi WTA turniridagi uchinchi yutib olgan tituli bo'ldi. Monrealdagi muvaffaqiyat ruminiyalik tennischiga 497,900 dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi.
Simona Xalep (Ruminiya, 5) – Medison Kiz (AQSH, 10) – 7:6 (2), 6:3
Havola :
Fikrlar