10 iyu 09:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/40123_220.jpg)
Xalep - Rolan Garros-2018 turniri g'olibasi!
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bugun erkaklar o'rtasidagi musobaqaning final uchrashuvi o'tkaziladi. Kecha esa ayollar o'rtasidagi musobaqa yakunlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalep WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi.
Xalep 2 soatu 3 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida irodali g'alabaga erishdi. Birinchi setni 3:6 hisobida boy bergan ruminiyalik maftunkor tennischi keyingi ikki setni 6:4, 6:1 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Bu Simonaning "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlardagi ilk tituli edi.
Havola :
Fikrlar