09 iyu 13:40
Yangiliklar
Tennis

Xalep “Rolan Garros”da g'olib bo'lsa, dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep dunyoning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin.
Buning uchun u “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritishi shart. Simona hal qiluvchi final uchrashuvida Franciya Ochiq chempionati kashfiyotiga aylangan latviyalik 20 yoshli tennischi Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.
Bu galgi final Simona Xalep uchun “Rolan Garros” turniridagi ikkinchisi bo'ladi. Ruminiyalik tennischi 2014 yilgi musobaqada ham finalga qadar etib kelgan va bosh mukofot uchun bahsda rossiyalik Mariya SHarapovaga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar