03 fev 09:07
Yangiliklar
Tennis

Xalep yanvar oyining eng yaxshi tennischisi deb topildi
Australian Open turniri finalchisi Simona Xalep muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rov yakunlariga ko'ra yanvar oyining eng yaxshi tennischisi deb topildi.
WTA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovdan qatnashganlarning 71 foizi o'z ovozini ruminiyalikka tennischiga bergan. Xalep Avstraliya Ochiq chempionatining ikki uchrashuvida raqibalarining ikkita match-bolini yo'qqa chiqarishga muvaffaq bo'lgandi.
Australian Open musobaqasi g'olibasi daniyalik Karolin
Voznyacki 25 foiz ovoz bilan so'rovda ikkinchi o'rinni egalladi. Germaniyalik Anjelik
Kerber 3 foiz ovoz bilan uchinchi, bir foiz ovozga ega ukrainalik Elina Svitolina
esa to'rtinchi o'rinni band etdi.
Havola :
Fikrlar