30 iyu 15:26
Yangiliklar
Futbol

Xalk avtofalokatga uchradi
"Atletiko Mineyro" hujumchisi Xalk avtomobil falokatiga uchradi.
Futbolchining yaqinlari xabar berishicha, voqea Belu-Orizonti shahrida Xalkning mashinasi motocikl tomonidan urilishi oqibatida yuz bergan. Hodisadan jabr ko'rganlar yo'q.
Xalk "Atletiko Mineyro" klubiga 2021 yil yanvarida ko'chib o'tgandi. SHartnoma 2022 yil so'nggigacha amal qiladi.
34 yoshli braziliyalik hujumchi 2012 yildan 2016 yilgacha "Zenit" tarkibida o'ynagan. Peterburgliklar safida Rossiya chempioni bo'lib, mamlakat Kubogi va Superkubogini yutgan.
Havola :
Manba : Globoesporte
Fikrlar