06 may 13:17
Yangiliklar
Futbol
39 yoshli Xalk "Fluminense" bilan shartnoma imzoladi
"Zenit"ning sobiq futbolchisi, 39 yoshli Xalk "Fluminense" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Braziliyalik hujumchi 2027 yil oxirigacha shartnoma tuzdi va jamoaga erkin agent sifatida keldi.
"Braziliyaning haqiqiy ajoyib futbolchilaridan biri klubimiz bilan 2027 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzoladi. Xalk o'zi o'ynagan har qanday jamoada chempion bo'lgan", — deyiladi "Fluminense" rasmiy saytida.
"Atletiko Mineyro" 1 may kuni 39 yoshli hujumchi Xalk bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilganini malum qilgan edi.

Havola :
Fikrlar