04 mar 15:40
Yangiliklar
Qiziqarli!
Afsonaviy Xalk Xoganning oyoq kiyimi rekord narxga sotildi + FOTO
Heritage Auctions aukcionida marhum afsonaviy kurashchi Xalk Xoganning tarixdagi birinchi yirik WrestleMania I shousida ishtirok etgan etigi sotildi.
Ushbu summa rekord darajada - 1,037 million dollar.
Poyabzalda Xalkning o'z iborasi yozilgan: "Bu mening haqiqiy poyabzalim, unda mening haqiqiy qonim bor MSG, Xalk Xogan".
1985 yil 31 mart kuni "Medison Skver Garden"da bo'lib o'tgan musobaqada Xogan janob Ti jamoasi tarkibida Roddi Piper va Pol Orndorffni mag'lub etgandi.
Etikni sotib olishga davogarlardan biri WWE kurashchisi Logan Pol edi, u bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida malum qilgandi. U 1,021 mln dollar taklifi bilan to'xtagan edi.
Xalk Xogan 2025 yilning yozida vafot etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar