25 iyu 09:51
Yangiliklar
Boshqalar

Resling afsonasi Xalk Xogan vafot etdi
Mashhur amerikalik restler, aktyor, teleboshlovchi va musiqachi Xalk Xogan 72 yoshida vafot etdi.
Xogan restlerlik faoliyatini 1977 yilda boshlagan. 1983 yilda u World Wrestling Federation (hozirgi WWE) bilan shartnoma imzolagan. Uning obrazi 1980 yillarda AQSHda resling ommalashuviga katta tasir ko'rsatgan. 2005 yilda WrestleMania 21 oldidan Xogan WWE SHon-sharaf zaliga qabul qilingan, 2020 yilda esa nWo (New World Order) guruhi azosi sifatida ikkinchi bor Zalga kiritilgan.
Kino sohasida Xalk Xogan “Jannatdagi janjal”, “Kuchli Santa-Klaus”, “SHovvoz Uoker”, “Amerikalik ota” va boshqa Gollivud filmlari orqali tomoshabinlar xotirasida saqlanib qolgan. Uning aktyorlik faoliyati 1982 yilda boshlangan.
Havola :
Manba : TMZ Sports
Fikrlar