24 dek 15:11
Yangiliklar
Futbol

Xalk "SHanxay SIPG"dan ketishi mumkin
"SHanxay SIPG" hujumchisi Xalk unga Evropa klublari taklif bilan chiqqani haqidagi malumotga izoh berdi.
"Men faqat maydonda ishlayman, bor etiborim o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishga qaratilgan. Maydonda tashqarisidagi ishlarim uchun esa menejer bor.
Takliflar, qiziqish va aloqalar bo'ldi. Vakilim bilan bog'lanishga urinishdi, ammo Xitoyda baxtliman. Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. Oilam ham mamnun" - deydi Xalk.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik forvard 2016 yilning yozida 56 mln. evro evaziga "Zenit"dan "SHanxay SIPG" safiga o'tgan edi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham ushbu klub sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar