So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 iyu 19:21
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro olimpiya kuni “Yoshlik”da ham davom etdi

Teglar :  Olimpiya kuni
Joriy yilgi Xalqaro Olimpiya kuni o'zgacha tarzda nishonlandi.

Buning barobarida, ommaviy yurish, yugurish va velo marafonlar, turli miqyosdagi musobaqalar va sport turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlarda  kasbi va kori, qolaversa, yoshidan qatiy nazar barcha birdek faollik ko'rsatdi. Mubolag'a emas, bu hamyurtlarimizga xush kayfiyat, quvonchli lahzalarni tuhfa etdi. 

Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan o'tkazilgan “Xalq sayli” umummilliy sport tadbirlari  6 iyul kuni ertalab Urganch shahrida ommaviy yurish marafoni bilan boshlanib, kechqurun “Yoshlik” sport majmuasida davom etdi. U erda sportchilar o'zlarining maftunkor ko'rgazmali chiqishlari bilan olqishlarga sazovor bo'lishdi. Karting ustalarining mahorati ham yig'ilganlar etiboridan chetda qolmadi. Majmua stadionining markaziy qismida “jonli” ravishda yasalgan Olimpiada o'yinlari ramzi - besh xalqa esa hamyurtlarimizning Olimpiya harakati rivojiga befarq emasliklarini, sportga hamnafas ekanliklarini namoyon etdi.

Mazkur tadbirning ochilish marosimida so'zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari S.Salaev majmuaga yig'ilganlarni sport bayrami bilan qutlab, Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlab uyushtirilgan  musobaqalarni yuqori saviyada tashkil qilganligi uchun bir guruh talim muassasalari, hokimliklar va tashkilotlarni viloyat hokimining faxriy yorlig'i va qimmatbaho sovg'asi bilan taqdirladi. Taqdirlanganlar orasida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi(boshlig'i SHokir Madaminov) hamda boshqarma tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi(direktori Jamoladdin Abdullaev) ham bor edi. “Yoshlik” sport majmuasida bo'lib o'tgan “Xalq sayli” umummilliy sport tadbiriga xorazmlik taniqli va xushovoz xonandalarning gala-koncerti ham fayz va tarovat, jo'shqinlik olib kirdi. 

    

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing