So’nggi yangiliklar

11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0 20:01АПЛ. "Манчестер Сити" мавсумни иродали ғалаба билан бошлади, Ҳусанов тўлиқ ўйнади 0 19:18Сехудо Двалишвилидан устун келди. RAF 12 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0

12 okt 08:24
Yangiliklar

Sambo

Xalqaro sambo federaciyasi rahbari Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi

Teglar :  SamboMOQSHestakov
SHu kunlarda Toshkent sambo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

SHubhasiz, bunday katta masshtabdagi turnir xalqaro federaciya mutasaddilarini ham beetibor qoldirgani yo'q. Musobaqani kuzatib borish uchun Xalqaro sambo federaciyasi rahbari Vasiliy SHestakov ham yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmon boshchiligidagi delegaciya Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Uchrashuv davomida R.SHoabdurahmonov yurtimizda samboning rivoji va unga bo'lgan qiziqish haqida gapirib berdi. 

Sambo tobora O'zbekistondagi eng sevimli sport turlaridan biriga aylanib bormoqda. O'z o'rnida yoshlarimiz qayd etayotgan natijalari ham buni isbotlab turibdi. Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida ommaviy sportni rivojlantirish yo'lida katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, sambo ham o'ziga xos harakterga bo'lgan sport turlaridandir. Yoshlarimizning sambo bilan shug'ullanishi ularning ham jismonan, ham ruhan tetik bo'lib voyaga etishlarida as qotadi. Biz samboni rivojlantirish yo'lida milliy federaciyamizning faoliyatini doimo qo'llab boramiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z o'rnida Vasiliy SHestakov ham iliq qabul uchun tashakkur aytib, o'tkazilayotgan musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilganiga to'xtalib o'tdi.

Guvohi bo'ldimki, jahon chempionati ancha ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda va tashkiliy ishlar ham juda yuqori saviyada yo'lga qo'yilgan. Bunday bo'lishiga shubha qilmagandim ham. Sambo Xalqaro Olimpiya qo'mitasining sport turlari oilasiga qabul qilingan. Tomas Baxning bu haqida qutlovidan boshimiz ko'kka etdi. Yaqin yillar ichida samboni Olimpiya o'yinlari dasturida ham ko'rishdan umidvormiz. O'zbekistonda o'ziga xos ananaga ega sambo maktabi bor. Sportchilaringiz jahon chempionatlarida doimo sovrindorlar qatorida bo'lishadi. O'ylaymanki, shunday mahoratli sambochilarga ega mamlakat bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik ushbu sport turini yangi cho'qqiga olib chiqish yo'lida muhim o'rin tutadi”, – dedi Vasiliy SHestakov. 

Suhbat davomida yurtimizda sambo rivojani yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha bir qator istiqbolli rejalar, jumladan, Toshkentda sambo bo'yicha yanada katta musobaqalarni o'tkazish, uni maktab darsliklariga kiritish masalalari bo'yicha fikr almashildi. Uchrashuv yakunida martabali mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasining esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

SHuningdek, delegaciya vakillari MOQ qoshidagi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga ham tashrif buyurib, u erda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing