So’nggi yangiliklar

15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 13:44Жаҳон чемпионатида йўқотишсиз одимлаяпмиз. Беш нафар боксчимизнинг барида ғалаба! 0 13:13Бекхэм ФИФА президентлигига номзод бўлиши мумкин 0 12:42Полина Кудерметова Ningbo Open турнирининг асосий тўрига йўл олди 0 12:11Aktau Asian Open 2026. Бугун 14 нафар дзюдочимиз татамига чиқади. Вакилларимизнинг бари қозоғистонликларга қарши баҳс олиб боради 0 11:40Нокаутлар оқшомига айланган UFC Fight Night 291 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 11:09Камолиддин Тожиев: "Ҳакамлар "Пахтакор" зарарига истаганча нотўғри қарорлар чиқаришмоқда" 0 10:38Дияр Нургожай UFC'даги кейинги жангини Қатарда ўтказади 0 10:17Ўн иккита "финиш" қайд этилган UFC Fight Night 291 турнирнинг барча натижалари 0 09:46Aktau Asian Open 2026. Биринчи кун 6 та медаль қўлга киритдик, 3 таси олтин! (+ФОТО) 0 09:15Мессининг дубли "Интер Майами"га "Атланта"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:44Жалолов рингга чиққан оқшомнинг асосий жанги иккинчи раундда тўхтатилди 0 08:13Хоакин Баклини нокаут қилишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

20 fev 09:06
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro Turon federaciyasi AQSH Kongressi tomonidan etirof etildi

Teglar :  Turon
Mamlakatimiz mustaqilligini birinchilar qatorida tan olgan Amerika Qo'shma SHtatlari 30 yildan ortiq vaqt davomida respublikamizning muhim va manfaatli hamkorlaridan biriga aylandi.

Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar mustahkam poydevor asosida shakllangan bo'lib, ananaviy tarzda o'zaro ishonch va strategik sheriklik ruhida rivojlanib kelmoqda.

SHuni alohida takidlash joiz, so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni barcha sohalarda yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil say-harakatlar o'z mevasini bera boshladi. CHunonchi, o'tgan 2025-yil O'zbekiston – AQSH munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi va strategik sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Etiborga molik jihati, tomonlar o'rtasidagi hamkorlik investiciya, savdo, talim, sport, ilmiy tadqiqot hamda diniy-marifiy yo'nalishlarda izchil rivojlanib bormoqda. O'zaro aloqalarni mustahkamlanishi va kengayishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning AQSHga amalga oshirgan tashriflari ijobiy rol o'ynagani shubhasiz.

Malumki, jahon sportida AQSHning o'rni alohida ahamiyatga ega. Boshqa sohalar kabi sport yo'nalishida ham o'zaro aloqalar O'zbekiston sportchilarining xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonning ko'plab sport federaciyalari AQSH bilan doimiy aloqalarni yo'lga qo'ygan.

So'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan alohida etibor natijasida o'ziga xos “O'zbek sporti modeli” shakllandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda yurtimizda Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bilan bir qatorda milliy sport turlari ham jadal rivojlanmoqda. Xususan, o'zbek milliy sport turi Turon yakkakurashi uchun 2025-yil tarixiy yil bo'ldi. Markaziy Osiyo, qolaversa turkiy davlatlarning milliy sport turlari orasida ilk bor AQSHning Nyu-York shahrida O'zbekistonning milliy sport turi — Turon yakkakurashi bo'yicha xalqaro boshqaruv organi — International Turon Federation (Xalqaro Turon Federaciyasi) tashkil etildi.

Xalqaro Turon Federaciyasi vakillari (AQSH, Kanada, Angliya, Turkiya va Meksika) 2025-yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. Etiborlisi, milliy sport turimizning xalqaro tashkiloti bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgani O'zbekiston va AQSH o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga hamda Turon yakkakurashining xalqaro maydonda rivojlanishiga xizmat qiladi.

2026 yil yanvar oyida Xalqaro Turon Federaciyasi prezidenti Farrux Niyazimbetov AQSH Kongressi tomonidan beriladigan nufuzli Certificate of Special Congressional Recognition mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur sertifikat AQSH Vakillar palatasi azosi, Nyu-York shtatining 11-okrugi vakili Nikol Malliotakis tomonidan Farrux Niyazimbetovning Xalqaro Turon Federaciyasi prezidenti etib saylangani hamda Turon sport turini xalqaro miqyosda rivojlantirish va targ'ib etishdagi xizmatlarining etirofi sifatida taqdim etildi. Ushbu rasmiy etirof Turon yakkakurashining bugungi kunda xalqaro sport maydonida tobora mustahkam o'rin egallab borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

2025-yilda Nyu-York shahrida tashkil etilgan Xalqaro Turon Federaciyasi qisqa vaqt ichida turli qitalarda milliy federaciyalarni shakllantirish, xalqaro musobaqalar o'tkazish hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish orqali faoliyatini izchil rivojlantirib bormoqda. AQSH Kongressi azosi tomonidan berilgan mazkur etirof ITF tarixida muhim bosqich bo'lib, federaciyaning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Xalqaro Turon Federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing