So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

04 may 17:10
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkent Turon sporti bo'yicha tarixiy Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Turon
2025 yil 15 iyulda AQSHning Nyu-York shahrida asos solingan Xalqaro Turon federaciyasi (International Turon Federation) qisqa muddatda jahon miqyosida tobora ommalashmoqda.

Tarixi ming yillarga borib taqaladigan milliy sport turimiz bugungi kunda Evropa, Osiyo va Amerika qitasidagi 20dan ortiq davlatda o'z bo'limlarini ochdi. 

Xalqaro Turon federaciyasi ushbu sport turi ommaviyligini yanada oshirish maqsadida birinchi Jahon chempionatini o'tkazishga qaror qildi. O'smirlar va yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan mazkur musobaqaga Turon sportining vatani O'zbekiston, yanada anig'i Toshkent shahri mezbonlik qiladi. 

Tarixiy musobaqa U-15, U-17 hamda U-19 yosh toifalarida o'tkazilib, unda o'g'il bolalar 11ta, qizlar esa 10ta vazn toifasida o'zaro bellashadi. SHuningdek birinchi Jahon chempionatida ishtirokchilar erkin mashq yo'nalishida ham o'z mahoratini namoyish etishlari mumkin.

Ilk marotaba tashkil etiladigan Jahon chnmpionatida AQSH, Kanada, Meksika, Venesuela, Boliviya, CHili, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Polsha, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari hamda mezbon O'zbekiston kabi jami 20dan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Jahon chempionati bahslari joriy yil 1-5 iyun kunlari Toshkentdagi JAR sport majmuasida tashkil etiladi. 

Ajdodlarimizdan meros bo'lgan Turon sport turining haqiqiy shiddati va jozibasidan zavq olishni istasangiz, 2026 yil 1-5 iyun kunlari JAR sport majmuasiga tashrif buyuring.

Hurmat bilan, Otabek Eshmamatov - Xalqaro Turon federaciyasi Jamoatchilik bilan aloqalar va media bilan ishlash masalalari bo'yicha vice-prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing