So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

13 sen 07:25
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Xorijlik murabbiylarning fikri tinglandi

Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda terma jamoalarimizni oldinda kutib turgan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha taqdimot dasturlarini namoyish qilish yo'lga qo'yilgan.

Kecha jamoalarimizda faoliyat olib borayotgan xorijlik murabbiylarning mazkur dastur bo'yicha fikr-mulohazalari tinglandi. ZOOM platformasida kechgan mazkur yig'ilishni MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib bordi. 

Unda qilichbozlik bo'yicha 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni rossiyalik Vladimir Nazlimov, dzyudo bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi greciyalik Ilias Iliadis, karate bo'yicha tajribali murabbiy SHahob Sultani kabi jamoalarimizda ishlayotgan 10 nafarga yaqin xorijlik va mahalliy murabbiylar, MOQ qoshida tuzilgan tezkor shtab boshlig'i SHerzod Tashmatov qatnashdi.

Tadbir avvalida murabbiylar uchun dastur g'oyasi, mohiyati va maqsadlari tushuntirib o'tildi.

“Bizning oldinda turgan asosiy maqsadlarimiz Tokiodan keyingi yirik kompleks musobaqalar – Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari bo'ladi. Sizlarda uzoq yillik tajriba bor. Barchangizni fikringizni bilish biz uchun muhim. Mana shunday tajriba almashish orqali jamoalarimizning muvaffaqiyatli ishtirokiga hissa qo'shishimiz mumkin. Maqsadimiz Sizning ham metodikangizni tatbiq qilish”, – dedi Nazirjon Xudoyqulov.

SHundan so'ng Vladimir Nazlimov, triatlon bo'yicha tajribali murabbiy Viktor Zemcov, og'ir atletika bo'yicha trener-konsultant Erjas Boltaev, SHahob Sultani, janubiy koreyalik taekvondo murabbiyi Kim Yung Jing, Ilias Iliadis kabi mutaxassislar ham so'z olib, taqdimot bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

“Taqdimot yaxshi ishlab chiqilgan. Barchasi batafsil ko'rsatib o'tilibdi. Bilasizmi, bunga qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, unda asosan yoshlar musobaqalarini ko'paytirishga etibor qaratish kerak. Avval, Sobiq Ittifoq davrida shu narsa yaxshi yo'lga qo'yilgani uchun kuchli zaxira etishib chiqavergan. Hududlarda yosh iqtidorli sportchilar ko'p. Lekin ular muntazam xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmasa, terma jamoaga saralab olomasak, biz ularni yo'qotib qo'yamiz”, – dedi Erjas Boltaev.

O'z navbatida, Vladimir Nazlimov Boltaevning fikrini qo'llab quvvatladi va mazkur tizim Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federaciyasi rahbarligiga kelgandan so'ng ushbu sport turida tatbiq qilingani va bu katta samara berganini qo'shimcha qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing