21 iyu 18:01
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/454_220.jpg)
Xingis va Mirza WTA yakuniy turnirining ilk juftligi
Xotin-qiz tennischilar o'rtasida dunyoning birinchi raqamli juftligi Martina Xingis va Sanya Mirza yilning WTA yakuniy turniridagi ishtiroklarini kafolatlashdi.
Ushbu turnir 27 oktyabr kuni Singapurda start oladi. Aynan Xingis va Mirza turnirning amaldagi g'oliblari hisoblanadi. Hindistonlik Mirza 2014 yili Kara Blek bilan birga ham bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Mirza faoliyati mobaynida juftliklar musobaqasida 37ta titulga ega chiqqan. SHveycariyalik 35 yoshli Xingis esa juftlikda 55, yakkalik turnirida 43ta titulga ega bo'lgan.
Havola :
Fikrlar