16 apr 13:10
Yangiliklar
Tennis

Xitoyda bo'lib o'tadigan WTA turnirining asosiy to'riga tasodifan ko'p tennischilar qo'yib yuborildi
Xitoyning CHjenchjou shahrida bo'lib o'tadigan WTA125K toifasidagi turnirning asosiy to'riga keragidan ko'p tennischilar qo'yib yuborildi.
Natijada, reytingi eng past hisoblangan tennischilardan faqat SHixo Akita va Yana Fettlar o'rtasida saralash o'yini o'tkaziladi. G'olib qo'shimcha 5 ochko va 500 dollarga ega bo'ladi. Mag'lub tennischi esa 1 ochko, shuningdek, 1000 dollar egasiga aylanadi.
Turnirga reyting bo'yicha tennischilarni qo'yish WTA tomonidan tashkillashtiriladi. Albatta, ushbu xatolik endilikda tashkilot uchun qo'shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi.
Havola :
Manba : twitter.com/wtainfo
Fikrlar