So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

09 sen 12:34
Yangiliklar

Kurash

Xivada xalqaro Etnosport doirasida belbog'li kurash bo'yicha turnir o'tkazilyapti FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xiva shahridagi "Ichan qala" tarixiy majmuasida ilk bor xalqaro Etnosport festivali bo'lib o'tmoqda.

Mazkur festival doirasida milliy sport turimiz sanalgan belbog'li kurash bo'yicha  erkaklar o'rtasida beshta vazn toifasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan shuningdek, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan hamkorligidagi mazkur nufuzli xalqaro turnirda Hindiston, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 10 dan ortiq davlatlarning nomdor polvonlari g'oliblik ishtirok etmoqda. 

Turnir doirasida kecha 8 sentyabr kuni Xiva shahrida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev raisligida navbatdagi kongress ham tashkil etildi. Kongressda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

SHuningdek, kongressda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev  Ozarbayjon, Litva, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Italiya, Ispaniya, Rossiya, O'zbekiston, Hindiston, Eron, AQSH, SHveciya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Gruziya, Isroil, Mo'g'uliston, Estoniya hamda Latviya belbog'li kurash federaciyasi rahbarlariga azolik sertifikatlari topshirildi.

Kongress so'nggida Amerika Qo'shma SHtatlari belbog'li kurash federaciyasi vakili, Toshkent-Sietl hamdo'stlik shaharlari associaciyasi raisi Lola Zaxarova bilan AQSHda belbog'li kurashni ommalashtirish borasida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, Osiyo belbog'li konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro turnir 10 sentyabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing