16 may 14:07
Yangiliklar
Xmelevskaya Riga marafonida o'zbek sportida 38 yil ichidagi eng yuqori natijani ko'rsatdi
Dunyoning 76 mamlakatidan kelgan sportchilar orasida hamyurtimiz Marina Xmelevskaya kumush medalga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston engil atletika federaciyasining malum qilishicha, bu mamlakatimiz tarixida ayollar marafonidagi ikkinchi yuqori natija sifatida qayd etildi. So'nggi bor 1984 yil Litvada o'tgan Sobiq Ittifoq miqyosidagi musobaqada Nadiya Usmanova 2:30:36 vaqt bilan o'zbekistonlik marafonchi qizlar rekordini o'rnatgan edi.
Marina Latviyadagi musobaqada 2:33:19 ichida marraga etib kelgan. Qayd etish joiz, hamyurtimiz poyga davomida mazkur yo'nalishda etakchi hisoblanuvchi Afrika, Amerika, shuningdek, evropalik raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Atletimiz faqatgina efiopiyalik sportchidan pastroq natija ko'rsatdi.
“Rimi Riga Marathon-2022”, ayollar:
1. Mekuriya Zennebe (Efiopiya) – 2:30:53
2. Marina Xmelevskaya (O'zbekiston) – 2:33:19
3. Aynelem Kasaxun (Efiopiya) – 2:38:21
Fikrlar